HARBIY XIZMATCHI VA XODIMLARNING FARZANDLARI UCHUN MAXSUS TAVSIYANOMALAR TOPSHIRILDI
Bugungi kunda Respublikamizning barcha hududlarida Milliy gvardiya tizimida xizmat olib borayotgan harbiy xizmatchi va xodimlarning farzandlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga muvofiq yo‘nalishlar bo‘yicha bakalavrlar tayyorlashda respublikaning barcha oliy ta’lim muassasalariga kirishda ajratilgan 5 foizli qabul kvotasi tanlovida ishtirok etish imtiyozi berildi.
Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining o‘rinbosari hamda Oliy Majlisi senatining xotin qizlar va gendr tenglik masalalari qo‘mitasi mas’ullari ishtirokida Milliy gvardiya Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi va viloyat "Qo‘riqlash" boshqarmasi xodimlarining 30 nafar farzandlariga Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar taqdim etildi.
Ushbu imkoniyat va imtiyozdan oqilona foydalangan o‘g‘il-qizlar kelgusida mamlakatimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shadigan komil insonlar bo‘lib,yurtimiz rivojiga yo‘lida kamarbasta bo‘lishlari uchun katta zamin bo‘lib xizmat qiladi.