HARAKAT VAQTIDA XAVFSIZLIKNI TA’MINLASH BARCHA FUQAROLARDAN MAS’ULIYAT TALAB QILADI
Milliy gvardiya Samarqand viloyati "Qo‘riqlash" boshqarmasi xodimlarining huquqiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish va yo‘l transport hodisalarini oldini olishga qaratilgan qator chora tadbirlar amalga oshirilmoqda. "Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni" doirasida Samarqand shahar "Qo‘riqlash" bo‘limida viloyat IIB YHX boshqarmasi mas’ullari ishtirokida tadbir tashkil etildi.
Unda "Qo‘riqlash" xizmati xodimlari o‘rtasida "Yo‘l transport hodisalarini oldini olish va uning ayanchli oqibatlari" mavzusida ma’ruzalar tinglandi. Shuningdek, tadbir davomida viloyat hududlarida sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisalari tasvirlari aks ettirilgan videorolik namoyish etildi.