HAR BIR BOLA UCHUN BARCHAMIZ MAS’ULMIZ!
Andijon viloyatida joylashgan oilaviy bolalar uylaridagi bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganish, yigit-qizlarning muammolarini hal etish maqsadida kuni kecha Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva Andijon shahrida istiqomat qiluvchi Isomxojayevlar xonadoniga tashrif buyurdi.
Bolalar bilan o‘tkazilgan samimiy, ochiq muloqotlarga ertamiz egalarining orzu maqsadlari, kelajak rejalari tinglandi. Ularni o‘ylantirayotgan masalalar o‘rganilib, munosib yechimlar topildi.
Yigit-qizlar o‘zlarini iqtidorini ham namoyish etdilar. Ular tomonidan to‘garaklarda yod olgan ashulalar hamda she’rlar ijro etildi.
Mas’ullar tomonidan tarbiyalanuvchilarning har biriga badiiy kitoblar jamlanmasi sovg‘a qilindi.