XALQARO MUZЕYLAR KUNI DOIRASIDA SAYOHAT TASHKIL ETILDI
Muzeylar – tarixning sirli hikmatlarini o‘zida mujassam etgan holda xalqlar madaniyatini, qadriyatlarini tarannum etuvchi maskan hisoblanadi. Toshkent viloyat Chirchiq shahar "Qo‘riqlash" bo‘limi hamda Xorazm viloyati "Qo‘riqlash" boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari shaxsiy tarkibini shonli tariximiz bilan yanada yaqinroq tanishtirish maqsadida muzeylarga sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida buyuk bobokalonlarimiz va ulardan qolgan ulkan ma’naviy meros bo‘yicha ma’lumotlar berilib, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlarini ta’minlash, ma’naviy dunyoqarashini shakllantirish maqsadida 18 may – Xalqaro muzeylar kuni doirasida muzeylarga tashriflar uyushtirildi.
Tarix va bugunning jonli davrlarini o‘zida mujassam etgan qadimiy va navqiron Xiva shahri va san’at muzeylari xodimlarning ma’naviy va madaniy bilimlarini yana bir bor mustahkamladi desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz.
Tashrif davomida tinglovchilar muzey eksponatlari, qadimiy boy tariximizni o‘zida aks ettiruvchi noyob buyumlar bilan yaqindan tanishdilar.
Muzey tadqiqotchilarining ta’kidlashicha, mamlakatimizning turli nuqtalaridan keltirilgan ushbu asori atiqalarni saqlash, ularni ta’mirlash hamda xorijiy mamlakatlardagi insonlar uchun yurtimiz haqida xabar beruvchi ushbu yodgorliklarni asl holatida saqlash juda murakkab jarayon.