Yangiliklar

18 Noyabr 2024

Davlat bayrogʻi – millat gʻururi

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining 33 yilligi munosabati bilan respublikamiz boʻylab barcha kuch tuzilmalari, Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Davlat bayrogʻi – millat gʻururi” shiori ostida tadbirlar oʻtkazildi. Mazkur tadbirlarda yoshlar, harbiy xizmatchi va xodimlar, turli tashkilotlar hamda keng jamoatchilik vakillari birlashib, bayrogʻimizni ulugʻlashdi.

Tadbirlar dasturida Harbiy orkestr tomonidan bayramona musiqalar ijro etilib, ishtirokchilarni yuqori kayfiyatga boshladi. Harbiy paradda oʻzlarining yuqori mahoratini namoyish etgan harbiy xizmatchilar va xodimlar, bayrogʻimizni hurmat bilan olib oʻtishdi.

Bayrogʻimizning 33 yilligi – bu xalqimizning mustaqilligi va oʻziga xosligining yana bir yorqin ifodasi sifatida har bir oʻzbek farzandi uchun muhim sanadir!