TARIXNI TERAN ANGLASH HAR BIRIMIZNING BURCHIMIZDIR
Oʻz tarixini bilgan va oʻtmishini unutmagan yosh avlod ertangi kunimiz uchun mustahkam tayanch boʻla oladi. Shu maqsadda bugun mamlakatimizda oʻsib kelayotgan yosh avlod orasida tarixga boʻlgan hurmat, milliy anʼanalarga sadoqat tuygʻularini shakllantirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
Kuni kecha “Qoʻriqlash” bosh boshqarmasining hududiy boʻlinmalari xodimlari tomonidan yoshlar uchun muzeylarga sayohatlar tashkil etildi. Sayohatlar davomida oʻgʻil-qizlar yurtimiz tarixiga oid uy roʻzgʻor buyumlari, tarixiy kitoblar va ikkinchi jahon urushi davriga oid harbiy texnika va kiyimlar bilan tanishdilar.
Muzey zallarida saqlanayotgan eksponatlar orqali ertamiz egalari respublikamizning tarixi haqidagi koʻplab qiziqarli bilimlarga ham ega boʻldilar.