"Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari xodimlari tomonidan aholi va tadbirkorlik subyektlari ishtirokida "Obod va xavfsiz mahalla" tamoyili asosida targʻibot tadbirlari oʻtkazildi
Hududlarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulklarini ishonchli qoʻriqlashni taʼminlashda zamonaviy qoʻriqlash signalizatsiya uskunalaridan foydalanishni targʻib qilish maqsadida oʻtkazilayotgan profilaktik ishlar davomida fuqarolarga "Qoʻriqlash" xizmati afzalliklaridan foydalanish, sohaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va yaratilayotgan qulayliklar borasida tushunchalar berilmoqda.
Milliy gvardiya Fargʻona hamda Namangan viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmalari xodimlari mahallalar hududlaridagi barcha koʻp qavatli uylar, yakka tartibdagi hovli joylar, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shahobchalarida "Qoʻriqlash" xizmatining afzalliklari va turlari toʻgʻrisida targʻibot tadbirlari olib borildi.
Bundan tashqari, oʻz obyekti yoki xonadonini "Qoʻriqlash" xizmatiga topshirmoqchi boʻlgan fuqarolar oylik toʻlovlar miqdori, texnik vositalarga xizmat koʻrsatish tartiblari haqida ham batafsil maʼlumotlar berildi. Yakunda oʻz savdo doʻkonlarini qoʻriqqa topshirish istagini bildirgan tadbirkorlar belgilangan tartibda arizalar qabul qilindi. Shu bilan bir qatorda, koʻp qavatli uylarning kirish qismlariga "Tashvishgoh uychalari" oʻrnatildi.
Bu kabi tadbirlar respublikamizning barcha hududlarida oʻtkazilmoqda.