Yangiliklar

14 May 2023

"DINAMO" JISMONIY TARBIYA VA SPORT JAMIYATINING KЕLGUSI RЕJALARI MUHOKAMA ETILDI

Andijon viloyatidagi huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamda sport ustalari uchun O‘zbekiston Respublikasi IIV "Dinamo" jismoniy tarbiya va sport jamiyati viloyat kengashining navbatdan tashqari konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyaga bir nechta masalalar o‘rtaga qo‘yilib, Milliy gvardiya tarkibidan IIV tarkibiga o‘tgan "Dinamo" jismoniy tarbiya va sport jamiyatiga rais hamda yangi a’zolar saylash kabi ustuvor jihatlar o‘rtaga tashlandi.

"Dinamo" jismoniy tarbiya va sport jamiyati Andijon viloyati kengashiga Nazorat taftish komissiyasini saylash to‘g‘risida, "Dinamo" jismoniy tarbiya va sport jamiyatining Ustaviga va Jismoniy tarbiya jamoasi to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirishlar kiritish va qo‘shimcha takliflar kiritish to‘g‘risida takliflar muhokama etildi.

Shu bilan birgalikda viloyat miqyosida har oyda Huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasida har oy davomida turli xildagi sport musobaqalari hamda o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazilishiga kelishib olindi.

Xodimlar tomonidan "Dinamo" jismoniy tarbiya va sport jamiyatida tashkil etilgan turli xil to‘garaklarda harbiy xizmatchi va xodimlar har doim shug‘ullanishlari uchun yaratilgan shart sharoitlar bo‘yicha xam ma’lumotlar yetkazildi.

Tadbir yakunida sport ustalariga so‘z berilib ularning takliflari eshittirildi.