Yangiliklar

5 Iyun 2023

FUQAROLARGA MILLIY GVARDIYA HARBIY XIZMATCHI VA XODIMLARINING VAKOLATLARI YeTKAZILDI

Kuni kecha Andijon shahridagi Eski shahar Markaziy dehqon bozorida “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi 842-sonli Qonuni mazmun mohiyatini aholiga tushuntirish yuzasidan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Tadbir davomida viloyatlar markazlarida ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda hamda istirohat bog‘lari, xiyobonlar va bozorlarda jamoat tartibini saqlash va jinoyatchilikka qarshi kurashishni tashkil etish bevosita Milliy gvardiya bo‘linmalari tomonidan amalga oshirilishi belgilanganligi tushuntirildi.

Qonun bilan bir qator mansabdor shaxslarga aniqlangan 4 ta modda bo‘yicha huquqbuzarlikka oid ishlarni ko‘rib chiqib jarima tariqasidagi jazo belgilash vakolati berilganligi yuzasidan fuqarolarga Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va xodimlari tomonidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulklarini daxlsizligi ta’minlash, iqtisodiy jinoyatlarni oldini olish bozorlar hududida videokuzatuv kameralari o‘rnatish, fuqarolar xonadonlarini "Qo‘riqlash" xizmatining tashvish tugmasiga ulash, fuqarolarning qimmatbaho buyumlari va uyali aloqa vositalariga befarq bo‘lmasliklari to‘g‘risida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.