Yangiliklar

24 Aprel 2023

FUQAROLAR MOL-MULKI VA XONADONLARINI QO‘RIQQA OLISH TARGʻIBOTLARI DAVOM ETMOQDA

Kuni kecha Farg‘ona viloyati "Qo‘riqlash" boshqarmasi xodimlari Ichki ishlar organlari hamda viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mas’ullari bilan hamkorlikda navbatdagi targ‘ibot ishlari Qo‘qon shahrida yashovchi aholi va tadbirkorlik sub’yektlari o‘rtasida, shuningdek, ko‘p qavatli uylar oldida hamda markaziy buyum va dehqon bozorlarida o‘tkazildi.

Moddiy-tovar boyliklarni ishonchli himoyalash borasida xizmatining afzalliklari, maqsad va vazifalari, soha xodimlari tomonidan olib borilayotgan ishlar, xizmat ko‘rsatishning turlari, tariflari, tezkor harakatlanuvchi guruh imkoniyatlari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

Tadbir davomida hududda joylashgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktablarda targ‘ibot suhbatlari, shuningdek, savdo do‘konlariga kuzatuv kameralarini o‘rnatish, nosozlarini ta’mirlash ishlari olib borildi. Integrallashgan qo‘riqlov vositalarining namoyishi esa o‘z xonadonini qo‘riqlovga topshirmoqchi bo‘lgan insonlar uchun juda foydali bo‘ldi deyish mumkin.

Targ‘ibot tadbirlari yakunida 20 nafarga yaqin fuqarolar xonadon va savdo markazlarini yangidan qo‘riqlovga topshirish istagini bildirdi. Bu kabi tadbirlar hududlarda jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishda o‘z samarasini bermoqda.