Yangiliklar

16 Aprel 2025

Shonli tarixdan, yorqin kelajak sari!

Muzeylar — tarixning sirli xilqatlarini oʻzida mujassam etgan holda xalqlar madaniyatini, qadriyatlarini tarannum etuvchi maskan va davlatlarni bir-birlariga yaqinlashtiruvchi koʻprik hisoblanadi.
Qashqadaryo viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi xodimlari ishtirokida muzeyga sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida, muzey maʼmuriyati xodimlari tomonidan muzeydagi qadimiy va tarixiy milliyligimiz koʻzgusi boʻlgan turli-xil eksponatlar toʻgʻrisida yaqindan tanishtirib, xodimlarning qiziqtirgan savollariga javob berdilar.
Taʼkidlash joizki, bu kabi sayohatlar davomida xodimlar yurtimiz tarixini yanada chuqurroq oʻrganishlariga, tariximiz naqadar oʻzoq oʻtmishga borib taqalashini anglashlariga koʻmaklashishi bilan ahamiyatlidir.