YOSHLAR UCHUN DOʻSTONA BELLASHUVLAR DAVOM ETMOQDA
Sogʻlom turmush tarzini keng targʻib etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish maqsadida sportning stol tennisi turi boʻyicha Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida Milliy gvardiya Qashqadaryo viloyati boʻyicha hamda "Qoʻriqlash" boshqarmalari tomonidan mahalla yoshlari hamda Qarshi shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari oʻrtasida oʻrtoqlik uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Oʻrtoqlik bellashuvi qizgʻin va murosasiz tarzda oʻtkazildi.
Bundan tashqari iqtidorli oʻquvchilar dutor cholgʻu asbobini egallash boʻyicha oʻz mahoratlarini namoyish etdilar. Shundan soʻng shaxmat va shashka musobaqalari oʻtkazilib, harbiy orkestr kuylari ostida gʻolib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
Bu kabi oʻrtoqlik musobaqalari oʻquvchilarda sportga boʻlgan ishtiyoqni oshirish bilan birga sogʻlikni va oʻzaro doʻstona muloqotni yaxshilashga ham hissa qoʻshadi. Shundan soʻng oʻquvchilarni harbiy-vatanparvarlik, milliy gʻoya va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga Vatan himoyasi sharafli hamda muqaddas burch ekanini chuqur singdirish maqsadida otlar ishtirokida mashgʻulot hamda kamondan oʻq otish darsi tashkil etildi.
Chavandozlar maktabida masʼullar tomonidan Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston uloq-koʻpkari federatsiyalari haqida qimmatli maʼlumotlar berildi.