Yangiliklar

14 Oktyabr 2023

BESH TASHABBUS – BESH IMKONIYAT!

Urganch shahridagi Boʻston mahallasida Xorazm viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan besh tashabbus doirasidagi tadbirlar yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga xizmat qildi. Bundan koʻzlangan asosiy maqsad – yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirib, ularni xar tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazish, shuningdek, yoshlarni oʻz tengdoshlari bilan doʻstona muloqotini shakllantirishdan iborat.
Tadbirlar doirasida yoshlar kamondan otish, erkin kurash, shaxmat-shashka, armrestling va mini-futbol sport turlari, shuningdek, boshqa bir qator maʼdaniy-maʼrifiy yoʻnalishlarda oʻz mahoratlarini sinovdan oʻtkazdilar. Mahallalarda oʻtkazilayotgan mazkur tadbirlar sogʻlom maʼnaviy muhitni shakllantirishga xizmat qilmoqda desak mubolagʻa qilmagan boʻlamiz.