Yangiliklar

21 Avgust 2023

MUSTAHKAM XIZMAT INTIZOMI SAMARALI XIZMAT GAROVI

Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazi shaxsiy tarkibi va tinglovchilari o‘rtasida huquq-tartibotni saqlash, harbiy intizomni mustahkamlash, huquqbuzarliklarning sabablari va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni barvaqt aniqlash maqsadida profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi mas’ul xodimlari tomonidan xizmat intizomi va qonunchilik buzilishi holatlariga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish, fuqarolar bilan odob-ahloq qoidalariga qat’iy rioya qilgan xolda muloqotga kirishish, noqonuniy ishlar bilan shug‘ullanmaslik, Milliy gvardiya xodimi degan yuksak nomga nomunosib xatti-harakatlar sodir etmaslik borasida tushuntirish ishlari olib borildi.