Yangiliklar

26 Oktyabr 2023

MUSTAHKAM INTIZOM – SAMARALI XIZMAT GAROVI

Xodimlarning huquqiy bilimlarini yanada oshirish, ular orasida xizmat intizomini mustahkamlash maqsadida kuni kecha Andijon viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi shaxsiy tarkibi ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Unda viloyat harbiy prokuratura hamda YHXB masʼullari ishtirok etib, joylarda xodimlar tomonidan sodir etilayotgan intizom buzilish holatlarini oldini olish, huquqbuzarliklarning sabablari va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni barvaqt aniqlash, shuningdek shaxsiy va xizmat avtotransportlarni boshqarish bilan bogʻliq salbiy oqibatlar toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.
Mazkur yigʻilish yakunida Milliy gvardiya xodimi degan yuksak nomga nomunosib xatti-harakatlar sodir etmaslik borasida tushuntirish ishlari olib borildi.