Yangiliklar

11 Dekabr 2023

MUSTAHKAM INTIZOM SAMARALI MEHNAT ASOSIDIR

Kuni kecha Jizzax viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi tashabbusi bilan Milliy gvardiya Jizzax viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda Harbiy prokuratura bilan hamkorlikda boshqarma tezkor harakatlanuvchi guruh xodimlari oʻrtasida xizmat intizomini mustahkamlash, yod gʻoyalar tasiriga tushib qolishlari, shuningdek, korrupsiya va tamagirlik holatlarining oldini olish, avtotransport vositalaridan yoʻl qoidalariga amal qilgan holda foydalanish va oilaviy ajurimlar sonini qisqartirish, tashkilot va oila oʻrtasidagi nazoratni mustahkamlash maqsadida xodimlar va ularning ota-onalari ishtirokida seminar-trening oʻtkazildi. Yigʻilish yakunida jamoat tartibini saqlash va jinoyatchilikning oldini olishda namuna koʻrsatgan bir qator xodimlar va ularning ota-onalariga tashakkurnoma va esdalik sovgʻalar topshirildi.