Yangiliklar

12 Avgust 2023

“OBOD VA XAVFSIZ MAHALLA” SHIORI OSTIDA TUSHUNTIRISHLAR OLIB BORILDI

Kuni kecha Farg‘ona, Andijon, Toshkent, Namangan, Sirdaryo, Surxondaryo, Navoiy viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘ylab, hamda qizil hududga kiritilgan mahallalarda IIB profilaktik inspektorlari va boshqa mutaxassislar bilan hamkorlikda "Obod va xavfsiz mahalla" tamoyili asosida targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

Hududlarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulklarini ishonchli qo‘riqlashni ta’minlashda zamonaviy qo‘riqlash signalizatsiya uskunalaridan foydalanishni targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazilgan profilaktik ishlar davomida fuqarolarga "Qo‘riqlash" xizmati afzalliklaridan foydalanish, sohaga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va yaratilayotgan qulayliklar borasida tushunchalar berildi.

O‘z obyekti yoki xonadonini "Qo‘riqlash" xizmatiga topshirmoqchi bo‘lgan fuqarolar oshlik to‘lovlar miqdori, texnik vositalarga xizmat ko‘rsatish tartiblari haqida ham batafsil ma’lumotlar berildi.

Yakunda o‘z xonadonlarini qo‘riqqa topshirish istagini bildirgan fuqarolardan belgilangan tartibda arizalar qabul qilindi.