ERTAMIZ EGALARINING MA’NAVIY DUNYOQARASHINI RIVOJLANTIRISH UCHUN SAYOHAT TASHKIL ETILDI
San’at qadim zamonlardanoq insonlar uchun tafakkurni oshiruvchi vosita, ko‘plab fikrlarni o‘zida jamlovchi yo‘nalish sifatida qiziqish uyg‘otib kelgan. Ayniqsa, yoshlar orasida ham tasviriy san’at, rang – tasvir hamda yog‘och o‘ymakorligi kabi ko‘plab yo‘nalishlardagi asarlar joy olgan maskandagi asori atiqalar ko‘pchilikning qiziqishiga sabab bo‘lmoqda.
Yozgi ta’til vaqtida o‘quvchi yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlarini tashkil etish hamda yoshlarning madaniyat va san’atga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida o‘g‘il-qizlar uchun Namangan viloyatida joylashgan badiiy galereyasiga sayohat uyushtirildi.
Sayohat davomida o‘quvchilar bugungi kunning dolzarb mavzulari va yurtimiz tarixini o‘zida aks ettirgan suratlar hamda miniatyuralar bilan tanishish, hamda ijodkorlarning shaxsan o‘zidan tasviriy san’at asarlari haqida ma’lumotlar olish imkoniga ega bo‘ldilar.
Ertamiz egalari nafaqat tarixiy bilimlarini mustahkamladilar, balki sayohatdan so‘ng albatta ular san’at va madaniyat bilan yanada yaqinroq bo‘lib, unutilmas taassurot bilan tarixni teranroq angladilar.