ERTAMIZ EGALARI SPORT BILAN HAMNAFAS
Qashqadaryo viloyati "Qo‘riqlash" boshqarmasi xodimlari tomonidan yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va ularni sportga keng jalb etish maqsadida kamondan otish bo‘yicha ko‘rgazmali mahorat darslari tashkil etildi.
Mashg‘ulotlar davomida mahoratli murabbiylar tomonidan yoshlarga ushbu sport turining tarixi va hozirgi kundagi faoliyati to‘g‘risida, shuningdek, kamondan o‘q otish sirlari bo‘yicha ma’lumotlar berildi. O‘z navbatida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.