Yangiliklar

10 Aprel 2023

ERTAMIZ EGALARI SPORT BILAN HAMNAFAS

Milliy gvardiya Xorazm viloyati "Qo‘riqlash" boshqarmasi xodimlari tomonidan yoshlarni bo‘sh vaqtlarni mazmunli tashkil etish hamda ularni sportga kengroq jalb etish maqsadida Urganch tumanidagi 29-sonli o‘rta maktabda o‘quvchilar uchun sport bellashuvlari tashkil etildi.

Sportning kamondan otish, stol tennisi va tosh ko‘tarish turlari bo‘yicha musobaqalarda o‘z epchilliklarini sinovdan o‘tkazgan yigit-qizlar tengdoshlarining ham imkoniyatlarini, chaqqonliklarini bilib oldilar.
Musobaqalarda mazkur maktabning yuqori sinf o‘quvchilari ishtirok etib, o‘zlarining amaliy mahoratlarini namoyon etdilar. Epchillik, merganlik va chidamlilik xislatlarini talab etuvchi ushbu sport turlari yoshlarni bir maqsad sari jamladi.
Qiziqarli va murosasiz kechgan musobaqalar natijalariga ko‘ra 10 sinf o‘quvchilari peshqadamlikni qo‘lga kiritishdi. Gʻoliblar tashkilotchilar tomonidan taqdirlandilar.