ERTAMIZ EGALARI – PORLOQ KELAJAK ASOSI
Yoshlar oyligi davomida ertamiz egalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, kasbga yo‘naltirish, shu bilan birga vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida manzilli rejalar asosida bir qator tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Shularning navbatdagisi Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanida “Az-Zamaxshariy” nomidagi istirohat bog‘ida bo‘lib o‘tdi. Viloyat "Qo‘riqlash" boshqarmasi va hamkor tashkilotlar ishtirokida tashkillashtirilgan mazkur tadbirda yoshlar uchun kamondan otish sport turi bo‘yicha mahorat darslari, qurol-aslahalar ko‘rgazmasi va harbiy xizmatchilarning jangovar chiqishlari va konsert dasturi tashkillashtirildi.
Mazkur tadbirga yoshlar yetakchilari boshchiligida "Chamanzor", "Madaniyat"," Gulzor" mahallari yoshlari faol ishtirok etdilar.