Yangiliklar

8 Aprel 2023

ENG BЕBAHO DO‘ST – KITOBDIR

Ertamiz egalari orasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish maqsadida kuni kecha Namangan shahar "Qo‘riqlash" bo‘limi mas’ullari tomonidan “Yosh kitobxon” nomli targ‘ibot tadbiri amalga oshirildi.

Namangan shahrida joylashgan Yoshlar markazi kutubxonasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda yoshlarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, kitob mutolaasiga mehrini oshirish va ajdodlarimiz tomonidan bizlarga qoldirilgan ulkan badiiy merosni yanada chuqur o‘rganish borasida zaruriy tavsiyalar berildi.

Shuningdek, nasriy, didaktik nashrlarni mutolaa qilish orqali yigit-qizlarning kitobga mehrini kuchaytirish hamda ular ma’naviyati yuksaltirish kabi g‘oyalar asosida o‘tkazilgan uchrashuvda o‘quvchilar turli asarlarning badiiy talqinini ham so‘zlab berdilar.