Yangiliklar

29 Mart 2023

O‘z xizmat burchini bajarish chog‘ida qahramonlarcha halok bo‘lgan mard o‘g‘lonlarning oila a’zolari holidan xabar olindi

Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi Husniddin Suyarov hamda Buxoro viloyat "Qo‘riqlash" boshqarmasi xodimi marhum Alisher Hamdamov xotirasi yod etildi.
O‘z vazifasini bajarish chog‘ida vataniga, xalqiga qilgan qasamyodiga sodiq holda o‘z shirin jonini ham ayamagan jasur o‘g‘lonlar haqqiga Qo‘ron tilovat qilib, safdoshlari, mahalla faollari tomonidan ushbu mard yigitlar haqidagi xotiralar yodga olindi.

Ularning muborak xotirasiga duolar qilinib, ehson dasturxoni yozildi. Yaqinlari, oila a’zolariga ular hamisha hukumat va Davlatimiz rahbarining e’tibor va g‘amxo‘rligida ekanligini e’tirof etdilar.