YANGIYER SHAHARLARARO "QOʻRIQLASH" BOʻLIMI “YASHIL MAKON” BOGʻI BARPO ETILDI
Yurtboshimiz tashabbusi bilan boshlangan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Kuzgi daraxt ekish mavsumi” eʼlon qilinib, hududlar miqyosida koʻplab daraxt koʻchatlarini ekish boʻyicha ishlar amalga oshirilmoqda.
Milliy gvardiya harbiy xizmatchilar va xodimlari ham ushbu jarayonda faol ishtirok etishmoqda. Jumladan, kuni kecha Sirdaryo viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi Yangiyer shaharlararo "Qoʻriqlash" boʻlimi yaqinidagi boʻsh yer maydoniga turli xil mevali va manzarali daraxtlarning 459 dan oshiq koʻchatlari ekildi. Ushbu bunyodkorlik ishlariga "Qoʻriqlash" boʻlimining xodimlari oʻz hissalarini qoʻshib, hududda obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari jadal darajada olib borildi.
Darhaqiqat, bugungi kunda global iqlim oʻzgarishlari barchani birdek tashvishga solayotgan bir vaqtda amalga oshirilayotgan bu kabi ezgu loyihalar ona tabiatni asrashga undashi bilan ahamiyatlidir.