Yangiliklar

12 Oktyabr 2023

QASHQADARYO VILOYAT "QOʻRIQLASH" BOSHQARMASI XODIMLARI TOMONIDAN AHOLI VA TADBIRKORLIK SUBYEKTLARI OʻRTASIDA MAHALLALARDA NAVBATDAGI TARGʻIBOT ISHLARI OʻTKAZILDI

Qashqadaryo viloyat "Qoʻriqlash" boshqarmasi shartnoma asosida davlat obyektlari jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini qoʻriqlash, shuningdek, qoʻriqlanayotgan obyektlarda jamoat tartibini taʼminlash, huquqbuzarliklarni oldini olish kabi vazifalarni amalga oshirish orqali xalqimiz tinchligini taʼminlashga oʻz hissasini qoʻshib kelmoqda. Kuni kecha "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari tomonidan Qarshi shahridagi joylashgan koʻngilochar savdo maskanlari, koʻp qavatli turar joylarda targʻibot tadbirlari oʻtkazilib, integrallashgan qoʻriqlov vositalarini namoyishi orqali aholiga ular qanday ishlashi tushuntirildi. "Qoʻriqlash" xizmatida joriy etilayotgan yangi qoʻriqlov vositalari xonadon va obyektlarni qoʻriqlovga topshirishni qonun-qoidalarini fuqarolarga yetkazishda aholi gavjum manzillarni tanlangani ayniqsa ahamiyatli boʻldi. Jismoniy shaxslarning mol-mulklarini ishonchli qoʻriqlovini amalga oshirish maqsadida tadbirkorlarga ham qoʻriqlov xizmatini afzalliklari haqida maʼlumot berildi.