Fargʻona tarixi davlat muzeyiga tashrif
Fargʻona viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi tashabbusi bilan xodimlarning maʼnaviy dunyoqarashini yuksaltirish, milliy tarix va merosga boʻlgan hurmatni shakllantirish maqsadida Fargʻona tarixi davlat muzeyiga maʼnaviy-maʼrifiy tashrif tashkil etildi.
Ushbu tashrif davomida xizmat xodimlari yurtimiz tarixi, boy madaniy merosi hamda Fargʻona vodiysining oʻziga xos sivilizatsiyasi haqida batafsil maʼlumotlarga ega boʻlishdi. Muzeydagi eksponatlar, tarixiy hujjatlar va xalq amaliy sanʼati namunalari ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
Bunday tadbirlar Qoʻriqlash xizmati xodimlarining maʼnaviy-maʼrifiy salohiyatini oshirish, ularning Vatanga boʻlgan sadoqati va fidoyilik tuygʻularini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.