Yangiliklar

18 Oktyabr 2025

"Dinamo" JTSJ Jizzax viloyati Kengashi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar harbiy xizmatchilari va xodimlari orasida sportning mini-futbol turi boʻyicha viloyat birinchiligi tashkil etildi.

"Dinamo" JTSJ Jizzax viloyati Kengashi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar harbiy xizmatchilari va xodimlari orasida sportning mini-futbol turi boʻyicha viloyat birinchiligi tashkil etildi.

Musobaqa qizgʻin kurashlar ostida oʻtdi, unda har bir jamoa yuqori darajadagi tayyorgarlik va sport xarakterini namoyish etdi. Ayniqsa, final oʻyinlari tomoshabop oʻtdi, unda ishtirokchilar koʻplab xavfli vaziyatlar va chiroyli gollar bilan yorqin, hujumkor oʻyin namoyish etishdi. Tribunalarga yigʻilgan muxlislar oʻz jamoalarini faol qoʻllab-quvvatlab, sport bayramiga koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi.

12 ta jamoa ichida Jizzax viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi xodimlaridan tashkil topgan jamoa faxrli 1 oʻrinni qoʻlga kiritdi. Musobaqa yakunida gʻolib jamoaga diplom, medal, esdalik sovgʻalar hamda musobaqa koʻchma kubogi tantanali topshirildi.