Yangiliklar

12 Dekabr 2025

Jizzax shahar Qoʻriqlash boʻlimi tomonidan qonga muhtoj boʻlgan, ogʻir xastalikka uchragan va onkologik kasalliklarga chalingan bolalarning hayotini saqlab qolish maqsadida “Bor mehrimiz senga, bolajon!” shiori ostida donorlik aksiyasi oʻtkazildi.

Barcha tibbiy qulayliklarga ega mobil avtobusda qoʻriqlash boʻlimining 100 ga yaqin xodimlari koʻngilli ravishda qon topshirdilar.

Har bir litr qon ogʻir kasallik bilan kurashayotgan bolaning hayotini saqlab qolishi mumkin. Aksiya birdamlik va mehr-oqibatning yorqin namunasi boʻlib, birgalikdagi saʼy-harakatlar ayniqsa muhtoj boʻlganlarga haqiqiy yordam keltira olishini koʻrsatdi.