Namangan viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi xodimlari va ularning oila aʼzolari uchun maʼnaviy-maʼrifiy sayohat tashkil etildi
Jamiyatda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarning ahamiyati beqiyos. Shu maqsadda, Namangan viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi hamda uning hududiy boʻlimlarida xizmat olib borayotgan fidoyi xodimlar va ularning oila aʼzolari uchun Namangan shahrida joylashgan viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyiga sayohat uyushtirildi.
Mazkur tashrif xodimlar va ularning yaqinlarida vatan tarixiga boʻlgan qiziqishni yanada oshirish, milliy qadriyatlarga hurmat ruhini singdirish, hamda boʻsh vaqtni mazmunli tashkil etish maqsadida amalga oshirildi.
Sayohat davomida ishtirokchilar muzeyda saqlanayotgan qadimiy yodgorliklar, hunarmandchilik namunasi boʻlgan asarlar, arxeologik topilmalar va xalq amaliy sanʼatiga oid koʻrgazmalar bilan yaqindan tanishdilar. Muzey xodimlari tomonidan tarixiy davrlar, ulugʻ shaxslar hayoti va faoliyati haqida batafsil maʼlumotlar berildi.