JONKUYAR OʻQITUVCHILAR XIZMATLARI EʼTIROF ETILDI
Ayni kunlarda respublikamiz boʻylab “Maktab – ota-ona – mahalla” zanjirini mustahkamlash borasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan masʼul boshqarmalar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar oʻzining ijobiy samarasini berishni boshladi. Shu bois, maktablarda yangicha yondashuv bilan faoliyat olib borayotgan fidokor va jonkuyar ustozlarning xizmatlari munosib ragʻbatlantirilmoqda.
Xususan, oʻquvchilarning darslarga qatnashish koʻrsatkichi yaxshi boʻlgan, ota-onalar va mahalla bilan hamkorlikni mustahkamlagan Termiz shahridagi 23-sonli umumtaʼlim maktabining faol oʻqituvchilarning xizmatlari alohida eʼtiroflidir. Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi boshligʻi ushbu taʼlim maskaniga tashrif buyurib, barcha oʻqituvchilarga oʻz minnatdorchiligini bildirdi. Maktab direktori Gulinor Xolboyeva hamda oʻqituvchi Dildora Nurmuhammedovaga tashakkurnoma hamda esdalik sovgʻalari topshirildi. Maktablardagi davomat hamda oʻquvchilarning muammoli masalalarini bartaraf etishda faol boʻlayotgan maktablar tahlil qilinib, belgilangan tartibga ragʻbatlantirilib borilishi taʼkidlandi.