Donor bo‘l – hayot tuhfa et!
Donorlik – bu sharafli ish. Donor esa, aksari xollarda o‘ziga notanish inson hayotini saqlab qolish uchun xam yashashini doimo yodda tutadigan insondir.
Odamlar turli baxtsiz hodisalar natijasida jarohat olib, qon yo‘qotishi va qon quyishga muhtoj bo‘lishi mumkin. Shuningdek, gematologik, onkologik kasalliklar bilan kurashadigan insonlar uchun ham qon, uning tarkibiy qismlari, undan tayyorlanadigan doriyu, preparatlar o‘ta muhim. Kuni kecha Milliy gvardiya Andijon viloyati "Qo‘riqlash" boshqarmasida “Siz topshirgan qon bir insonni hayotini saqlaydi!” nomli donorlik aksiyasi bo‘lib o‘tdi.
Bo‘lib o‘tgan donorlik aksiyada Milliy gvardiya Andijon viloyati "Qo‘riqlash" boshqarmasi xodimlari Qon quyush markazi mutaxassislari tomonidan tekshiruvdan o‘tkazilgan xodimlar shifokorlar nazorati ostida qonga muhtoj bo‘lgan insonlarga qon berdilar.