Yangiliklar

20 Yanvar 2024

DOʻKONGA MODDIY ZARAR YETKAZGAN SHAXS QOʻLGA OLINDI

Joriy yilning 13 yanvar kuni soat 01:05 da Mirzo Ulugʻbek tumani “Qoʻriqlash” boʻlimi navbatchilik qismiga Qorasuv-6 dahasida joylashgan doʻkonlarning biridan “tashvish” xabari kelib tushgan.

Zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan tezkor harakatlanuvchi guruh xodimlari tomonidan tashvish xabarining kelib chiqish sabablari tekshirilganda, doʻkonning kirish eshigi oynalari singanligini aniqlagan va hududiy tezkor-tergov guruhi chaqirtirilgan. Oʻrganishlar natijasida tanishining doʻkoniga qasddan moddiy zarar yetkazgan shaxs 1991-yilda tugʻilgan B.D. ekanligi aniqlandi, qoʻlga olingan.

Hozirda holat yuzasidan Mirzo Ulugʻbek tumani IIO FMB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.