Yangiliklar

12 Avgust 2025

Ayol xodimalar uchun psixologik trening tashkil etildi

Fargʻona viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi psixologlari tomonidan tizimda xizmat qilayotgan ayol xodimalar uchun shaxs psixologiyasining dolzarb masalalariga bagʻishlangan trening mashgʻuloti oʻtkazildi.

Tadbir davomida ayollar bilan turli hayotiy vaziyatlarda toʻgʻri qaror qabul qilish, stress holatlarini yengish, ishda va shaxsiy hayotda muvozanatni saqlash kabi masalalar yuzasidan mulohazalar olib borildi. Shuningdek, xodimalar ishtirokida turli interaktiv oʻyinlar va mashqlar amalga oshirilib, ularning psixologik holatini yaxshilashga qaratilgan amaliy tavsiyalar berildi.

Bunday treninglar shaxsiy tarkibning psixologik barqarorligini taʼminlash, ish jarayonida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan qiyinchiliklarga samarali yondashish koʻnikmasini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.