Yangiliklar

2 Iyun 2025

Uychi tumani qoʻriqlash boʻlimi xodimlari uchun maʼrifiy sayohat uyushtirildi

Xodimlarning maʼnaviy dunyoqarashini va tarixiy bilimlarini yanada boyitish maqsadida Uychi tumani Qoʻriqlash boʻlimi tashabbusi bilan xodimlar uchun Namangan viloyatining Chortoq tumanida joylashgan "Koroskon" muzeyiga sayohat tashkil etildi.

Mazkur sayohat davomida xodimlar milliy va tarixiy merosimiz namunalari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega boʻldilar. Muzeyda saqlanayotgan tarixiy eksponatlar, urush yillaridagi xalqimiz jasoratidan guvohlik beruvchi maʼlumotlar mehmonlarda katta qiziqish uygʻotdi.

Tashrif ishtirokchilari uchun muzey xodimlari tomonidan batafsil ekskursiya tashkil etildi. Unda oʻtmishdan soʻzlovchi buyumlar, tarixiy hujjatlar va madaniy merosimizning noyob namunasi hisoblangan eksponatlar haqida qiziqarli maʼlumotlar berildi.

Tashrif yakunida xodimlar bu kabi maʼrifiy tadbirlar ularning dunyoqarashini kengaytirishda va milliy oʻzlikni anglashda muhim oʻrin tutishi, kelgusida ham shunday sayohatlar tez-tez tashkil etilishini istashlarini bildirdilar.