Samarqand shahar Qoʻriqlash boʻlimi xodimlari uchun sayohat uyushtirildi
Shaxsiy tarkibning xizmatga boʻlgan masʼuliyatini oshirish hamda Qoʻriqlash xizmati sifatini yanada yaxshilash maqsadida xodimlarning xizmatdan boʻsh vaqtlarida madaniy xordiq chiqarishlari, vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlarini tashkillashtirish borasida chora-tadbirlar belgilanib, maʼnaviy-maʼrifiy sohadagi turli tadbirlar ham oʻtkazilib kelinadi.
Jumladan, kuni kecha Samarqand shahar Qoʻriqlash boʻlimi masʼullari va xodimlari ishtirokida shahrining diqqatga sazovor joylariga sayohat uyushtirildi. Sayohatchilar koʻhna kentning tarixiy obidalaridan biri Goʻri Amir maqbarasida boʻldi. Ular bu yerni tomosha qilar ekan, majmuaning tarixi va unga tegishli boʻlgan maʼlumotlarga ega boʻlishdi.
Albatta, bu kabi tadbirlar Qoʻriqlash xizmati xodimlarining tariximizga boʻlgan qiziqishini oshirishi, oʻziga boʻlgan ishonchi va jangovar shayligining oshishida muhim oʻrin tutadi.