Namangan viloyati Qoʻriqlash xodimlari uchun maʼrifiy sayohat tashkil etildi
Namangan viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi hamda Uychi tuman Qoʻriqlash boʻlimida xizmat olib borayotgan xodimlarning maʼnaviy-maʼrifiy hamda madaniy hordiqni taʼminlash maqsadida navbatdagi sayohat tashkil etildi. Tadbir doirasida sayohatchilar Chortoq tumanida joylashgan “Koroskon” tarixiy muzeyiga tashrif buyurdilar.
Muzeyda xodimlar mintaqaning qadimiy tarixi, madaniy merosi, mahalliy xalqning turmush tarzi va anʼanalariga oid qimmatli eksponatlar bilan tanishdilar. Tashrif ishtirokchilari muzeyning boy kolleksiyasi ularda katta taassurot qoldirganini qayd etib, bu kabi tadbirlar xodimlarning bilim va dunyoqarashini kengaytirishda, jamoa ruhini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladilar.
Namangan viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi rahbariyati tomonidan bunday madaniy-maʼrifiy sayohatlar kelgusida ham izchil davom ettirilishi, xodimlarning maʼnaviy hordigʻini chiqarish va tarixiy merosimiz bilan yaqindan tanishtirish maqsad qilingan.