Yangiliklar

15 May 2024

YOSHLAR UCHUN MUZEYLARGA SAYOHATLAR TASHKIL ETILMOQDA

Milliy gvardiya Buxoro viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari tomonidan 19 sonli maktab oʻquvchilarining boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida Ichki ishlar vazirligiga qarashli “Jasorat” tarixiy muzeyiga sayohat tashkil etildi.
Ichki ishlar vazirligining oʻtmishi haqida soʻzlovchi muzeyda, oʻquvchilar muzey boʻlimlari va tarixiy eksponatlar bilan tanishib, xodimlarning maʼnaviy hayoti va tarixiy ahamiyatini aks ettirgan koʻrgazmalardan bahramand boʻldilar.
Shuningdek, Namangan shahridagi prezident maktabi oʻquvchilari uchun Namangan viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasida tashkil etilgan muzeyiga sayohat uyushtirildi.
Sayohat davomida oʻquvchi yoshlar bilan xizmat vazifasini bajarish vaqtida yurt tinchligi va el-yurt farovonligi yoʻlida mardlarcha halok boʻlgan mard oʻgʻlonlar jasorati hamda vatanni himoya qilish naqadar sharafli kasb ekanligi toʻgʻrisida davra suhbati oʻtkazildi.
Taʼkidlash joizki, bunday tadbirlar yoshlar maʼnaviyatini yanada yuksaltirishga, bilimini boyitishga xizmat qiluvchi bu kabi tadbirlar anʼanaviy tarzda davom ettirilmoqda.