Yangiliklar

7 Noyabr 2025

Xodimlarning farzandlari uchun “Ur toʻqmoq” nomli ertak spektakli namoyish etildi

Navoiy viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi xodimlari uchun har bir dam olish fursatini maʼnaviy boyitish, oila aʼzolari bilan birgalikda xushchalikda oʻtkazish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu maqsadda boshqarma xodimlari oʻz xizmat faoliyatidan boʻsh vaqtlarini samarali oʻtkazish maqsadida farzandlari va yaqinlari bilan birgalikda teatr sanʼatidan bahramand boʻldilar.

Ular Navoiy viloyati qoʻgʻirchoq teatri sahnasida namoyish etilgan “Ur toʻqmoq” ertagini katta qiziqish bilan tomosha qildilar. Ushbu asar orqali tomoshabinlar insonparvarlik, adolat va mehr-oqibat kabi yuksak insoniy qadriyatlarni yana bir bor his etishdi. Teatr sanʼati nafaqat dam olish, balki oilaviy birdamlik va maʼnaviy tarbiya manbai sifatida ham muhim ahamiyatga ega ekani yana bir bor oʻz isbotini topdi.

Bunday madaniy tadbirlar xodimlar va ularning oila aʼzolari qalbida chuqur taassurot qoldirib, ularni ijobiy ruhlantirdi.