BOLAJONLAR UCHUN YANGI YIL SHODIYONALARI TASHKIL ETILDI
Yurtimizda hukm surayotgan Yangi yil bayrami shukuhi fuqarolarimizga, ayniqsa, bolajonlarga oʻzgacha kayfiyat baxsh etadi. Yangi yil bayramini orziqib kutgan, katta orzu-umidlar bilan yashayotgan bolajonlarga bir-biridan qiziq bayram tadbirlar namoyish etilmoqda.
Ana shunday bayram tadbirlaridan biri Navoiy viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi tomonidan xizmat vaqtida halok boʻlgan xodimlarning farzandlari hamda oila aʼzolari uchun tashkil etildi. Navoiy viloyati Qoʻgʻirchoq teatrida boʻlib oʻtgan bayram tadbirida bolajonlarga sovgʻalar ulashilib, “Yangi yil sarguzashtlari” nomli tomosha bolajonlar eʼtiboriga havola etildi.