Yangiliklar

27 Iyul 2024

TARTIB-INTIZOM, SHAXSIY MASʼULIYAT, HUSHYORLIK – XIZMAT INTIZOMINI TAʼMINLASHDA MUHIM OMIL

Termiz shahrida Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi rahbariyati, Milliy gvardiya Shaxsiy xavfsizlik boʻlimi, Termiz harbiy prokuraturasi, DXX hamda diniy idora vakillari boshchiligida xizmat intizomini mustahkamlashga qaratilgan muhokama yigʻilishi oʻtkazildi.
Unda Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va viloyat "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari, Termiz shahri va Termiz tumani "Qoʻriqlash" boʻlimlari shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.
Tadbir soʻzga chiqqanlar, shaxsiy tarkib oʻrtasida xizmat intizomi va qonunchiliklikni taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar va yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar holati tanqidiy muhokama qilinib, kelgusida bajarilishi lozim boʻlgan vazifalar belgilab olindi. Shaxsiy tarkib oʻrtasida sogʻlom muhitni shakllantirish, korrupsiya va tamagirlikka yoʻl qoʻymaslik, xizmat intizomini yanada mustahkamlashda ofitserlarning masʼuliyatini oshirish borasida qatʼiy talab va topshiriqlar berildi. Shuningdek, tadbirda IIV va Markaziy bankning kiberxavfsizlik markazi mutaxassislari tomonidan "Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi" doirasida targʻibot va tushuntirish ishlari ham olib borildi. Hozirgi kunda keng tarqalayotgan internet makonidagi firibgarlik turlari, xavfli virus va ilovalar, onlayn qimorlarning salbiy oqibatlari haqida maʼlumotlar berilib, ishtirokchilarning shaxsiy masʼuliyati va hushyorligi oshirildi.
Yakunda xodimlar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga masʼullardan batafsil javoblar olishdi.