Yangiliklar

23 Mart 2024

KUNDALIK XIZMATNI SIFATLI VA SAMARALI TASHKIL ETISHDA INTIZOM VA TARTIB MUHIM

Kuni kecha Denov tumanida Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasining Denov, Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy va Shoʻrchi tumanlari "Qoʻriqlash" boʻlimlari xodimlari ishtirokida, sohada xizmat intizomini mustahkamlash, qonun ustuvorligini taʼminlash masalalariga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda Milliy gvardiya viloyat boʻyicha boshqarmasi boshligʻi podpolkovnik R.Jabborov, viloyat "Qoʻriqlash" boshqarmasi boshligʻi polkovnik A.Hoʻjamurotov hamda Milliy gvardiya Shaxsiy xavfsizlik boʻlimi boshligʻi J.Sharopovlar tomonidan oʻtgan davr mobaynida xizmat intizomini buzish holatlari, xodimlar tomonidan yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklar, oldini olish choralari haqida soʻz yuritildi. Kundalik xizmatni sifatli va samarali tashkil etish, faoliyatga taalluqli boʻlmagan ishlarga aralashmaslik, oilaviy nizolarni oʻz vaqtida bartaraf etish zarurligi taʼkidlandi. Koʻp yillardan buyon samarali xizmat olib borayotgan xodimlar yosh safdoshlariga oʻrnak boʻlib, ularni yetuk kadr qilib tarbiyalashlari, sohaning yanada rivojiga oʻz hissalarini qoʻshishlari muhimligi tushuntirildi. Tadbirda ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga masʼullar tomonidan tegishli javob va tushunchalar berildi.