Yangiliklar

3 May 2025

Xizmatni sifatli va samarali tashkil etishda intizom va tartib muhim

Kuni kecha Jizzax viloyati Qoʻriqlash boshqarmasida videoselektor tarzida xizmat intizomini mustahkamlash, qonun ustuvorligini taʼminlash masalalariga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda soʻzga chiqqanlar tomonidan oʻtgan davr mobaynida xizmat intizomini buzish holatlari, xodimlar tomonidan yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklar, oldini olish choralari haqida soʻz yuritildi. Kundalik xizmatni sifatli va samarali tashkil etish, faoliyatga taalluqli boʻlmagan ishlarga aralashmaslik, oilaviy nizolarni oʻz vaqtida bartaraf etish zarurligi taʼkidlandi.
Shuningdek, tadbirda pedagogika universiteti masʼullari ham ishtirok etib, "Til – millat boyligi" mavzusi yuzasidan maʼruza qildilar. Maʼruza mavzusida milliy tilning asosiy muloqot vositasi va madaniy merosi sifatida saqlab qolish va rivojlantirishning ahamiyati haqida soʻz yuritildi. Shuningdek, ona tilini oʻrganish, tildan foydalanish bilan bogʻliq madaniy anʼana va urf-odatlarni ommalashtirishga eʼtibor qaratish zarurligi ham taʼkidlandi.
Yakunda ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga tegishli javob va tushunchalar berildi.