Yangiliklar

17 Sentyabr 2023

ILMIY SALOHIYATNI OSHIRISHGA QARATILGAN MULOQOT TASHKIL ETILDI

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining mintaqaviy o‘quv markazlari professor-o‘qituvchilarining pedagogik mahoratini oshirish, ilmiy salohiyatni yuksaltirish, intellektual bilim saviyalarini yanada kuchaytirish maqsadida Toshkent mintaqaviy o‘quv markazi mas’ullari tashabbusi bilan Jamoat xavfsizligi universiteti professorlarini jalb qilgan holda o‘quv seminar tashkillashtirildi.

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Farg‘ona mintaqaviy o‘quv markazlarining o‘qituvchilari onlayn rejimi orqali ishtirok etdilar.

Seminarda o‘quv adabiyotlarni tayyorlash, pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat hamda o‘qituvchilarni ilmiy-tadqiqot ishlariga keng jalb etish bo‘yicha batafsil ma’lumotlar yetkazildi.

Shuningdek, ilmiy tadqiqotlarni olib borish tartiblari, izlanishlarni milliy va xalqaro nashrlarda e’lon qilish mezonlari, ustoz-shogird tizimi orqali mustaqil tadqiqotchi va tayanch doktorantlarni tayyorlashda ahamiyat qaratilgan muhim jihatlar haqida so‘z bordi.