BOLAJONLARNING YOZGI TAʼTIL KUNLARI MAROQLI OʻTMOQDA
Oʻsib kelayotgan yosh avlodni oʻz millatiga sodiq, vatanparvar etib tarbiyalash, ularni ona vatanga sadoqat, ota-onaga hurmat ruxida kamol topishlari uchun taʼlim maskanlaridagi tadbirlarning oʻrni beqiyos.
Milliy gvardiya Qashqadaryo viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi tomonidan oromgohlarda dam olayotgan yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, ularni sportga keng jalb etish maqsadida “Lochin” bolalar dam olish oromgohida turli xil maʼdaniy-maʼrifiy, koʻngilochar va sport musobaqalari oʻtkazildi.
Tadbirlar davomida yoshlarning intellektual qobiliyatlari va jismoniy tayyorgarliklarini oshirishga alohida eʼtibor qaratildi. Ayniqsa, kamondan otish va ot sporti turlari boʻyicha oʻtkazilgan musobaqalar bolajonlarda oʻzgacha taassurot qoldirdi. Bellashuvlar davomida oʻz qobiliyatlarini yuksak darajada namoyon etgan bolajonlar mutasaddilar tomonidan taqdirlandilar.