Yangiliklar

9 Aprel 2024

"BIZ AMIR TEMUR AVLODLARIMIZ" SHIORI OSTIDA BOSHQARMADA OCHIQ ESHIKLAR KUNI UYUSHTIRILDI

Maʼlumki respublikamizda Sohibqiron Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan turli xil maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazib kelinmoqda. Xususan, ana shunday tadbirlardan biri Milliy gvardiya Fargʻona viloyati “Qoʻriqlash” boshqarmasida boʻlib oʻtdi.
Fargʻona viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi tomonidan Fargʻona shahrida joylashgan 5 sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻquvchilari uchun "Biz Amir Temur avlodlarimiz" shiori ostida boshqarmada ochiq eshiklar kuni uyushtirildi.
Tadbir avvalida masʼullar tomonidan Amir Temur hayoti, harbiy yurishlari, davlat boshqaruv tizimi haqida maʼlumotlar berilib tayyorlagan videorolik namoyish etildi.
Shundan soʻng, mutaxassislar tomonidan "Qoʻriqlash" xizmatida yaratilayotgan sharoitlar, xodimlarning xizmat olib borish tartibi hamda sohada olib borilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanishtirildi. Bundan tashqari, oʻquvchilar "Qoʻriqlash" boshqarmasi psixologik xizmat koʻrsatish sifatini, maxsus texnikalar hamda kinologiya xizmati tomonidan koʻrgazmali chiqishlarni maroq bilan tomosha qildilar.
Shuningdek, elektron oʻq otish xonasida talablar real vaziyatga yaqinlashtirilgan sharoitda oʻq otish mashqlarini amaliy bajarish imkoniyatiga xam ega boʻldilar. Bu kabi tadbirlardan koʻzlangan asosiy maqsad – oʻsib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda vatanga muhabbat xissini oshirishdan iboratdir.