YOSHLAR UCHUN UNUTILMAS TAASSUROTLAR QOLDIRGAN OCHIQ ESHIKLAR KUNI
Yoshlar oʻrtasida vatanparvarlik ruxini shakllantirish, ularning ongida vatanga boʻlgan muhabbat va sadoqat tuygʻularini uygʻotish hamda harbiylik kasbiga boʻlgan qiziqishlarini orttirish maqsadida bugungi kunda "Milliy gvardiya Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari xodimlari tomonidan ham bir qator tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Kuni kecha Namangan viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasida Namangan shahar "Qoʻriqlash" boʻlimi boshligʻi tashabbusi bilan oʻtkazilgan ochiq eshiklar kuni fikrimizning yorqin dalilidir. Namangan shahar Zarafshon MFY yoshlari va hududdagi 41-sonli maktabning 11-sinf oʻquvchilari ishtirokida oʻtkazilgan tadbirda oʻquvchi yoshlar boshqarmada xodimlarning xizmat olib borishlari va madaniy xordiq chiqarishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar va virtual poligon bilan tanishtirildi. Boshqarma muzeyiga sayohat esa tashrif buyuruvchilarda oʻzgacha bir taassurot qoldirdi.