Yangiliklar

26 Iyun 2025

Kitob sahifalari orasida bir kun

Kitob – inson maʼnaviyatining asosiy manbai, ilm va aql-zakovatning uygʻonishiga sabab boʻladigan beqiyos xazinadir. Kitobxonlik – har bir shaxsning dunyoqarashini kengaytirib, uning fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi va maʼnaviy boyligiga boylik qoʻshadi.

Kuni kecha "Adib Sobir Termiziy" nomidagi Surxondaryo viloyat axborot-kutubxona markazida viloyat Qoʻriqlash boshqarmasi xodimlari ishtirokida navbatdagi kitobxonlik tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida xodimlar turli adabiyotlar bilan tanishib, oʻzlariga manzur boʻlgan kitoblarni mutolaa qilishdi. Kimdir tarixga shoʻngʻidi, kimdir adabiyot sehriga berildi, yana kimdir esa hayotga yangicha nigoh bilan qarashni boshladi.

Kitob bilan yakka qolgan inson gohida oʻzini topadi, gohida esa yoʻqotgan orzularini eslaydi. Ana shunday samimiy va iliq muhitda xodimlar nafaqat kitob oʻqishdi, balki qalban boyishdi, fikrlash doirasini kengaytirdi.