RESPUBLIKA MIQYOSIDA BOLAJONLARNING BOʻSH VAQTLARINI MAZMUNLI TASHKIL ETISH MAQSADIDA MADANIY-MAʼRIFIY TADBIRLAR, IJODIY UCHRASHUVLAR OʻTKAZILIB, TEATRLASHTIRILGAN SAHNA ASARLARI NAMOYISH ETILDI
Xususan, Qoʻngʻirot tumani madaniyat markazida Milliy gvardiya Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda Xorazm viloyati boʻyicha boshqarmalari xodimlarining farzandlari uchun «Yangi yil ertagi» nomli spektakl namoyish etildi. Tadbir soʻngida Qorbobo va Qorqiz tomonidan bolajonlarga Yangi yil sovgʻalari topshirildi. Shuningdek, Urganch shahrida joylashgan "Ogahiy" nomidagi viloyat musiqali drama teatrida yangi yil tomoshalari tashkil etilib, “Vaqt oʻgʻrisi” nomli spektakl namoyish etildi.
Surxondaryo viloyatida ham viloyat hokimligi, Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi, Ijtimoiy himoya agentligi aʼzolari va faxriylar ishtirokida viloyatdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam yoshlari, boquvchisini yoʻqotganlar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar, nogironligi bor boʻlgan bolalar hamda Oilaviy bolalar uylarining tarbiyalanuvchilariga "Prezident archasi” bayram dasturi tashkillashtirilib, sovgʻalar topshirildi. Bayram dasturi barchaga birdek manzur boʻldi hamda bolajonlar qalbiga olam olam quvonch baxsh etdi!
Yangi yil bayrami munosabati bilan xodimlar oila aʼzolarni boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish maqsadida Jizzax shahrida joylashgan Qoʻgʻirchoq teatrida Yangi yil tomoshalari tashkil etilib, “Qor malikasi” nomli spektakl namoyish etildi. Tadbir soʻngida bolajonlarga Milliy gvardiyasi Jizzax viloyati boʻyicha boshqarmasi boshligʻining sovgʻalari Qorbobo bilan birgalikda ulashilganligi bolajonlarga yanada bayram kayfiyatini ulashdi.
Yurtimiz tinchligi yoʻlida burch va sadoqat bilan xizmat qilib kelayotgan xodimlar va ularning oilalariga bayramona kayfiyat ulashish maqsadida Milliy gvardiya Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari va ularning oila aʼzolari uchun Yangi yil ertagi dasturi namoyish etildi. Tadbirda Milliy gvardiya Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasi boshligʻi ishtirok etib, yigʻilganlarni bayram bilan tabrikladi. Barchaga ezgu tilaklar bildirib, xodimlar va ularning oila aʼzolariga, ishchi-xizmatchilarga bayram sovgʻalari taqdim etildi.