Kitobxonlik – buyuk kelajak kafolati
Namangan shahar Qoʻriqlash boʻlimi va "Yangi Oʻzbekiston yoshlar ziyo maskani" aʼzolari bilan hamkorlikda "Kitobxonlik – buyuk kelajak kafolati" mavzusida katta maʼnaviy ahamiyatga ega boʻlgan kitobxonlik tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida Kitobxonlar klubi aʼzolari tomonidan xodimlarga kitob mutolaasining ahamiyati, uning inson maʼnaviyatiga qoʻshadigan ulkan hissasi haqida atroflicha tushunchalar berildi.
Shuningdek, zamonaviy dunyoda axborot texnologiyalari qanchalik rivojlanmasin, kitobxonlik insonning intellektual va maʼnaviy oʻsishida asosiy manba boʻlib qolishi taʼkidlandi.
Xodimlar tadbir davomida oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, shu bilan birga mavzu yuzasidan oʻzlarining fikr va mulohazalarini bildirib, oʻzlarining bilimga boʻlgan qiziqishlari va saviyalarini namoyish etdilar.