KITOBXON ONA – KITOBXON BOLA
A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida Milliy gvardiya Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi va viloyat "Qoʻriqlash" boshqarmasi bilan hamkorlikda "Kitobsevar millat" shiori ostida “Kitobxon ona – kitobxon bola" koʻrik-tanlovi boʻlib oʻtdi. Tadbirda Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshabayeva ishtirok etdi.
Koʻrik-tanlov davomida ishtirokchilar oʻqigan kitoblari haqidagi savollarga javob berishdi. Oʻz navbatida, bolalar turli mavzularda sheʼrlar aytib berishdi.
Millatning rivojlanishi, taraqqiy etish tarixiga nazar tashlaydigan boʻlsak, bilimli, tarbiyali va maʼrifatli yoshlarning jamiyat yuksalishida oʻrni beqiyos, Bunday yoshlarni barkamol etib tarbiyalovchi asosiy omillardan biri – kitob mutolaa qilish hisoblangan. Oilada ota-ona kitobga mehr qoʻygan boʻlsa, bunday oilada tarbiyalanayotgan farzand ham kitobga oshno boʻlish taʼkidlanib, kitobning farzand tarbiyasida roli haqida tadbir qatnashchilari bilan oʻz tajribalaridan kelib chiqqan holda oʻrtoqlashishdi.
Yakunda gʻolib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.